📖 Hamlet timsoliga tavsif

Vilyam Shekspirning 'Hamlet' fojiasi jahon adabiyotining durdonalaridan biri hisoblanadi. Asarning bosh qahramoni – Daniya shahzodasi Hamlet o'z davrining eng murakkab va chuqur obrazidir. Hamlet timsoli orqali insonning ichki iztiroblari, hayotning mazmuni va adolat uchun kurash masalalari ochib berilgan. U nafaqat shahzoda, balki o'ychan faylasuf va adolat izlovchi shaxsdir. Hamletning 'Yashash yoki yashamaslik' (To be, or not to be) monologi jahon adabiyotidagi eng mashhur parchadir. Unda qahramon hayot va o'lim orasidagi tanlov, dunyodagi yovuzliklarga qarshi kurashish yoki ularga bo'ysunish haqida mushohada yuritadi. Hamletning ikkilanishlari uning qo'rqoqligidan emas, balki o'z harakatlarining oqibatini chuqur o'ylashidan dalolat beradi. U yolg'on va hiyonat hukmron bo'lgan jamiyatda haqiqatni qaror toptirishga intiladi. Hamlet obrazi asrlar davomida o'z ahamiyatini yo'qotmagan. U har bir davr o'quvchisi uchun yangicha ma'no kasb etadi. Hamlet orqali inson irodasining kuchi, vijdon azobi va mas'uliyat hissi kabi umuminsoniy fazilatlar ulug'lanadi. Bu asar bizni har qanday qiyin vaziyatda ham inson bo'lib qolishga va haqiqat yo'lidan chekinmaslikka undaydi.