📖 O‘zbekistonning tarixiy, boqiy shaharlari

O‘zbekiston – qadimiy madaniyat va sivilizatsiya o‘choqlaridan biridir. Bu zaminning har bir qarichi tarixiy xotiralar bilan yo‘g‘rilgan. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi boqiy shaharlarimiz jahon sivilizatsiyasi xazinasidan munosib o‘rin egallagan. Bu shaharlar asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va savdo-sotiq markazlari bo‘lib kelgan. Samarqand – yer yuzining sayqali, moviy gumbazlar shahri sifatida mashhur. Uning Registon maydoni, Shoxi Zinda majmuasi va Amir Temur maqbarasi betakror me’moriy durdonalardir. Buxoro esa 'Islom olamining gumbazi' deb e’zozlanadi. Minorai Kalon, Labi Hovuz va Ark qal’asi shaharning qadimiy o‘tmishidan so‘zlaydi. Ichon Qal’a dagi Xiva ochiq osmon ostidagi muzey bo‘lib, u o‘rta asrlar muhitini bugungi kungacha saqlab qolgan. Bu tarixiy shaharlar nafaqat o‘tmishimiz ko‘zgusi, baki bugungi kunda ham milliy g‘ururimiz manbaidir. Ular YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani bu obidalarning umuminsoniy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bizning vazifamiz – bu bebaho boylikni asrab-avaylab, kelajak avlodlarga yetkazishdir.